
15Iyul-2025
“KITOB – SENI QATTIQ SEVAMIZ” nomli videoroliklar va fotolavhalar tanlovi e’lon qilinadi!
#videroliklar_tanlovi #fotolavhalar_tanlovi
5️⃣5️⃣5️⃣
💚 Kitob – inson tafakkurining bebaho gultoji, qalb olamining go’zal naqshi, jamiyat taraqqiyotining mustahkam asosidir.
🩷 Kitoblar – har bir shaxsni yuksak ma’naviyat va ma’rifatga yetaklovchi beminnat xazina, yo’l ko’rsatuvchidir.
📚 Kitobxon millat – o’z dunyoqarashi va tafakkuriga ega, salohiyatli va qudratli xalqdir.
🌐 Shahrisabz davlat pedagogika instituti va homiylar tomonidan “KITOB – SENI QATTIQ SEVAMIZ” nomli videoroliklar va fotolavhalar tanlovi e’lon qilinadi!
✅ Tanlovga kitoblarni, kitobxonlikni, mutolaa madaniyatini faol targ’ib etadigan sifatli, kreativ va ta’sirli videoroliklar (1 soniyadan 1 daqiqagacha) va fotolavhalar (1 tadan 5 tagacha) joriy yilning 25-iyunidan 25-avgustgacha qabul qilinadi. Ijodiy ishlar ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib boriladi.
🛫 Ijodiy ishlar joriy yilning 25-avgust kuniga qadar @elzodauktamqizi telegram manziliga topshiriladi.
✅ Tanlovda g’oliblar quyidagicha taqdirlanadilar:
🎁 Har bir yo’nalish bo’yicha ijodiy ishi eng yaxshi deb topilgan 10 nafar ( jami 20 nafar) ijodkor 1 000 000 (bir million) soʻm miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
📚 Yana 20 nafar ishtirokchi «Izlam» toʻplami bilan ragʻbatlantiriladi.
Bu hali hammasi emas!!!
📚 Shuningdek, 100 nafar rag’batlantiruvchi o’rin sohiblariga taniqli yozuvchi, shoir va jurnalistlar qalamiga mansub kitoblardan 3 nusxadan (o’ziga, tahsil olgan maktabiga va yashaydigan mahalla kutubxonasiga) taqdim etiladi.
🎉 Barcha g’oliblar Mustaqillik bayrami kunlarida so’lim Shahrisabz shahrida tantanali taqdirlanadilar!
Kitob ma’rifati bilan yashash saodati barchamizga nasib etsin!