
05Avg-2024
«Aqchagul» Murodboy Nizonov
📚»Aqchagul»
✍️ Murodboy Nizonov
📜 Ushbu kitobdan o’rin olgan «Aqchagul» qissasi mavzusi, qahramonlarining qiyofasi, hayotda tutgan o’rni nihoyatda ishonarli aks ettirilgan. Asarda sizu biz bilan hamnafas yashayotgan insonlarning o’zgalarnikiga o’xshamaydigan hayot tarzi, o’y-kechinmalari, betakror xarakteri mahorat bilan tasvirlangan.
Qissada qoraqalpoq milliy koloriti yaqqol ko’zga tashlanadi. Muallif o’z qahramonlari boshidan kechirgan murakkab vaziyatlarni ortiqcha bo’yab-bejamasdan, nihoyatda ishonarli gavdalantirgan. Muhimi, u inson tabiatidagi chigalliklarni, hayotning turfa ziddiyatlarini haqqoniy yoritishdan cho’chimaydi. Qahramonlarining quvonch va tashvishlar og’ushida kechadigan hayotini katta so’z san’atkoriga xos mahorat bilan qalamga oladi.
«Aqchagul» qissasi o’zbek tilida ilk bor kitob holida chop etilmoqda.