
21Apr-2025
«ÓZBEKSTAN-KITAPQUMARLAR JURTÍ» V RESPUBLIKA «KÍTAPQUMARLÍQ HÁPTELIGI» 2025-jıl 21-aprel kúngi ashılıw bolıp ótti.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrda “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quwatlash milliy dasturini tasdiqlash to’g‘risida”gi 781-sonli hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 7-aprelda “O’zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ni o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish to’g’risidagi 3-son farmoyishi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi axborot-kutubxona markazining 2025-yil 18-apreldagi 21-sonli buyrug’ing ijrosini ta’minlash maqsadida, Chimboy tumani axborot-kutubxona markazi tomanidan 2025-yilning 21-25-aprel kunlari “O’zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ni tashkil etilishi va o’tkazilish belgilandi. 2025-yil 21-aprel «Kitobxonlik xaftaligi» ning 1-chi kuni “Kutubxonamizda yangi
adabiyotlar” kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Kitob ko’rgazmasiga Chimboy tumani xalq ta’limi bo’limi 49-sonli maktab kutubxonachisi va o’quvchilari qatnashdi. Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar o’z so’zida “Kitobxonlik haftaligi” bilan tabriklab, kitob o’qigan insonning aql-farosati rivojlanadi, erkin fikrlay oladi va bo’sh vaqtlarida kitob o’qib o’zlariga yaqshi natija olish kerakligini aytib o’tdilar va tadbir o’quvchilarining kitob haqidagi she’rlari bilan davom etdi. Tadbir davomida kitobxonlarni 21-25-aprel kunlari “O’zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida axborot-kutubxona markazi tomanidan otkaziladigan tadbirlar haqida tanishtirdi va taklif etildi.